Davlat fuqarolik xizmati qo‘llaniladigan tashkilotlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Davlat fuqarolik xizmati qo‘llaniladigan tashkilotlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Yangilangan tartibga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlar ro‘yxatiga quyidagi tuzilmalar qo‘shildi:

  • Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi.
  • Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi.
  • Kasbiy ta’lim agentligi.

Shuningdek, respublika, hududiy va tuman darajasidagi davlat organlari uchun davlat fuqarolik xizmati lavozimlari reyestri quyidagi yangi lavozimlar bilan to‘ldirildi:

Vazirlik va idoralarda 16 ta lavozim: axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi), bosh inspektor, bosh maslahatchi, bosh yuriskonsult va boshqa mas’ul lavozimlar.

Hududiy bo‘linmalarda 14 ta lavozim: matbuot kotibi, devonxona mudiri, yetakchi maslahatchi, katta maslahatchi va boshqa tegishli lavozimlar.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri tadbirkorlarning ma’muriy xarajatlari 90 mlrd so‘mgacha kamaytirilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.