Davlat zaxirasidagi yerlarni sotgan shaxslar fosh etildi

Foto: Departament
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

G‘ijduvon tumanida davlat zaxirasidagi yerlarni sotgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda firibgarlik holati aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar R.P. va H.R. o‘zaro til biriktirib, ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirgan. Ular “Paxtaobod” MFY hududida joylashgan, davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini go‘yoki o‘zlariga tegishli deb ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng mazkur yerning 4 sotixini fuqaro A.O‘.ga, 6 sotixini esa fuqaro F.Q.ga sotishga kelishib, jami 25 million so‘m mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Tekshiruv davomida olingan mablag‘ning 15 million so‘mi jabrlanganlarga qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Toshkentda advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.