Dinozavr terisidan tayyorlangan sumka auksionga qo‘yiladi

Foto: Reuters
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Amsterdamda dinozavr terisidan tayyorlangan sumka auksionga qo‘yiladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Sumka Amsterdamdagi ArtZoo Museum muzeyida ko‘rgazmaga qo‘yildi. U 11-maygacha namoyish etiladi. Shundan so‘ng auksionga chiqariladi. Boshlang‘ich narxi $500 mingdan yuqori bo‘lishi aytilmoqda.

Loyiha mualliflari materialni laboratoriyada yaratgan. Olimlar dinozavr suyaklaridan topilgan oqsil parchalarini ajratib olgan. Keyin ularni boshqa hayvon hujayralariga joylashtirib, kollagen ishlab chiqargan. Ushbu kollagendan sun’iy charm tayyorlangan.

Foto: Reuters

Loyiha ustida bir nechta kompaniyalar ishlagan. Ular orasida The Organoid Company va Lab-Grown Leather Ltd. ham bor. Mutaxassislar bu texnologiya ekologik toza charm ishlab chiqarish imkonini berishini ta’kidladi.

Biroq barcha olimlar bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamayapti. Ba’zi ekspertlar “T-reks charm” atamasiga shubha bilan qaramoqda. Ularning aytishicha, dinozavr kollageni faqat juda kichik parchalar holida saqlanadi. Shu sababli to‘liq dinozavr terisini tiklash imkonsiz.

Qaynoq24.uz Filippinda dengiz bodringi terayotgan erkak timsoh hujumidan halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.