Dollar kursi 12 175 so‘mga tushdi: 6-mart uchun valyutalar kursi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank e’lon qilgan 6-mart uchun valyuta kurslariga ko‘ra, AQSh dollari 4,28 so‘mga arzonlab, 12 175,53 so‘mni tashkil etdi.

Yevro esa aksincha, 12,08 so‘mga qimmatlashib, 14 151,62 so‘mga yetdi. Rossiya rubli 1,65 so‘mga pasayib, 155,08 so‘m bo‘ldi. Britaniya funt sterlingi 13,02 so‘mga arzonlab, 16 260,42 so‘mni tashkil etdi. Yaponiya iyenasi ham 0,01 so‘mga tushib, 77,47 so‘m darajasida qayd etildi.

Shu bilan birga, Shveysariya franki keskin ko‘tarilib, 82,32 so‘mga qimmatlashdi va 15 629,69 so‘mga yetdi. Xitoy yuani ham 3,8 so‘mga oshib, 1 766,59 so‘mni tashkil etdi.

Qaynoq24.uz 5-mart kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.