Donald Tramp Venesuela prezidentligiga nomzod bo‘lishini aytdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Oq uyda o‘tgan yig‘ilishda Tramp Venesueladagi vaziyat haqida gapirdi. U yerda avval prezident Nikolás Maduro qo‘lga olinib, hokimiyat o‘zgargan edi.
Tramp bu operatsiyani “hamma yutgan holat” deb atadi. Uning aytishicha, AQSh ham, Venesuela ham bundan foyda ko‘rgan. Eng e’tiborli jihat esa uning keyingi bayonoti bo‘ldi. Tramp hazilomuz tarzda Venesuelaga borib, prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytdi.
“Men Venesuelaga borib, Delsiga qarshi saylovda qatnashishim mumkin. Bu variant”, dedi u.
Hozirda mamlakatni vaqtinchalik rahbar Delsi Rodríguez boshqarmoqda. Avvalroq Tramp AQSh Venesuelani vaqtincha boshqarishini ham ma’lum qilgan edi.
Qaynoq24.uz Tramp Venesuela muxolifati yetakchisi Machadoni Oq uyda qabul qilgani haqida yozgan edi.

