Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasidagi «Dostuk» avtomobil o‘tkazish punkti rahbari qo‘lga olindi. U chegarada sun’iy tirbandliklar yaratib, pora olganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, gumonlanuvchi 2-fevral kuni ish joyida ushlangan. Tergov idoralarining aytishicha, u vositachilar orqali xorijiy fuqarolarni tezkor o‘tkazish evaziga noqonuniy to‘lovlar olgan.
Shuningdek, u chegarada noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan shaxslarni himoya qilgani aniqlangan. Hozirda gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Voqea bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.
Qaynoq24.uz Qirg‘izistonda o‘qituvchi va shifokorlarning maoshi 2026-yildan ikki baravar oshirilishi haqida yozgan edi.

