Dubay aviashousida namoyish parvozi vaqtida Hindistonning HAL Tejas samolyoti qulab tushdi. Bu haqda AP News xabar bermoqda. Hodisa mahalliy vaqt bilan 14:10 da sodir bo‘lgan.
Samolyot namoyish uchuvi davomida qulagan. Uchuvchi katapultatsiya qilgan-qilmagani hali ma’lum emas. Halokatdan so‘ng Al Maktum xalqaro aeroporti ustida qora tutun ko‘tarildi. Tomoshabinlar shovqin va sirenalarni eshitdi.
Dubaydagi Al Maktum aeroportida o‘tkazilayotgan ikki yillik aviashou bu yil ham yirik diqqat markazida bo‘ldi. Tadbir davomida Emirates va FlyDubai aviakompaniyalari yirik samolyot buyurtmalarini e’lon qilgan edi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Pokistonda zavoddagi portlashda kamida 15 ishchini halok qilgani haqida yozgan edi.

