2025-yilda dunyoda milliarderlar soni 2 919 nafarga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 8,8 foiz ko‘p degan ma’lumotni UBS banki taqdim etdi.
UBS tadqiqotiga ko‘ra, boylikning eng tez o‘sishi sanoat sektorida qayd etilgan: +27,1 foiz, ya’ni 1,7 trillion dollar. Ushbu o‘sishning choragi yangi milliarderlardan kelgan. Moliyaviy xizmatlar sohasida umumiy boylik 17 foizga oshib, 2,3 trillion dollarga yetgan, bu esa kuchli bozorlar va kriptovalyuta tiklanishi bilan bog‘liq.
2025 yilda meros shaklida o‘tgan mablag‘lar ham rekord darajada bo‘lgan: 91 merosxo‘r (64 erkak va 27 ayol) jami 297,8 milliard dollar olgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 36 foiz ko‘p. Shuningdek, milliarderlarda erkaklar ko‘p bo‘lsa (2 545 nafar) ham, kapital o‘simi tezligini oxirgi to‘rt yil davomida ayollar ko‘rsatmoqda.
Bank prognozlariga ko‘ra, kelgusi o‘n yilliklarda milliarderlari va millionerlari soni oshishda davom etadi. 2040 yilga kelib, eng boylar o‘z boyliklarining taxminan 6,9 trillion dollarini meros sifatida o‘z avlodlariga topshirishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz Jeff Bezosning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenzi Skott Amazon’dagi ulushini 12,6 milliard dollarga kamaytirgani haqioda yozgan edi.

