Dunyoning eng zich shaharlari reytingi e’lon qilindi

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

BMTning yangi mezonlar asosida tayyorlangan hisobotiga ko‘ra, Jakarta Tokio shahridan o‘tib, dunyodagi eng aholi serqatlam shahariga aylandi. Yangi metodologiya megashaharlarni aniqroq tasniflashga va tezkor urbanizatsiya jarayonlarini to‘g‘riroq baholashga imkon berdi.

Hisobotda qayd etilishicha, Indoneziya poytaxti Jakarta hozirda 42 million aholiga ega. Daka 37 million aholi bilan ikkinchi o‘rinda, Tokio esa 33 million aholi bilan uchinchi o‘ringa tushgan. 2018 yilgi hisobotda Tokio 37 million aholi bilan birinchi o‘rinda edi.

BMT mutaxassisi Patrik Gerlandga ko‘ra, ilgarigi baholashlarda mamlakatlarning bir-biridan farq qiluvchi definitsiyalari tufayli Tokio doim birinchi o‘rinda qayd etilgan. Yangi tartibda shaharlar aholi zichligi va geokenglik mezonlari asosida xalqaro darajada taqqoslanish mumkin bo‘lgan usulda baholangan.

Shaharlarda yashovchi aholi soni 1950-yildan buyon ikki barobardan ko‘proq oshgan. O‘sha paytda yer yuzidagi 2,5 milliard aholining atigi 20 foizi shaharlarda yashagan bo‘lsa, bugun 8,2 milliard aholining yarmiga yaqini urban hududlarda istiqomat qiladi.

Hisobotga ko‘ra, 2050 yilga borib dunyo aholisi o‘sishining uchdan ikki qismi aynan shaharlarda sodir bo‘ladi. Megashaharlar soni esa 1975-yildagi 8 tadan 2025-yilga kelib 33 taga yetdi.

Dunyodagi eng yirik 10 shahardan 9 tasi Osiyoda joylashgan: Jakarta, Dakka, Tokio, Yangi Dehli, Shanxay, Guanchjou, Manila, Kolkata va Seul. Ro‘yxatdagi yagona noosiyoviy shahar – Qohira.

Tokio mintaqa uchun barqaror pasayish kuzatilsa-da, “Tokio proper” deb ataluvchi 23 maxsus tuman va 26 kichik shahardan iborat asosiy hududda aholi soni so‘nggi o‘n yilda 13,2 milliondan 14 milliongacha oshgan. Pandemiyada to‘xtab qolgan migratsiya hozir qayta faollashgan – asosan ish va ta’lim izlab kelayotgan yoshlar hisobiga.

Qaynoq24.uz La Liganing eng yaxshi futbolchilari reytingi e’lon qilingani haqida yozgandi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.