Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilandi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.

Hukumat qarorida belgilanishicha, elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida aniqlangan shikastlanishlar majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Rejali ta’mirlash, profilaktika ko‘rigi va sinovlar vaqtida aniqlangan holatlar ham nazoratga olinadi.

Shuningdek, elektr qurilmalari yoki ularning elementlari ishdan chiqishiga olib kelgan texnik ko‘rsatkichlarning ruxsat etilgan darajadan chetga chiqishi ham tekshiruvga tortiladi. Iste’molchilarga elektr energiyasi qisman yoki to‘liq rejasiz uzatilmay qolgan holatlar ham texnologik buzilish sifatida baholanadi.

Qayd etilishicha, texnologik buzilishlar oqibatining og‘irligiga qarab avariya, birinchi va ikkinchi darajadagi ishidan chiqishlarga ajratiladi. Har bir holat bo‘yicha tekshiruv buzilish aniqlangan zahoti boshlanadi va o‘n kun ichida yakunlanishi lozim.

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, saqlovchi, uzatuvchi va taqsimlovchi korxonalarda sodir bo‘lgan barcha texnologik buzilishlar tegishli elektr energetika obyektlari tomonidan hisobga olinadi.

Qaynoq24.uz “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi qanday ishlashi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.