O‘zbekistonda “Shajara” axborot tizimi yaratilishi taklif qilindi. Ushbu xizmat odamga o‘z shajarasini tuzish, tug‘ilish, nikoh va o‘lim bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rish, hatto genetik ma’lumotlar asosida uzoq qarindoshlarni topish imkonini beradi.
Eng yaxshi intellektual mulk egalariga yillik tanlov joriy etiladi
O‘zbekistonda ijodkorlar va mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbus taqdim etildi. Endi har yili 5 ta nominatsiya bo‘yicha “Eng yaxshi intellektual mulk obyektlari” tanlovi o‘tkaziladi. Shuningdek, “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” maxsus ko‘krak nishoni ta’sis etilib, u har yilning 26-aprel kuni topshiriladi.
Arxiv hujjatlari raqamlashtirilishi tezlashadi
Hozirda hujjatlarni raqamlashtirish sur’ati yiliga atigi 2 foizni tashkil qilmoqda. Shu bois 2030-yilgacha arxiv fondining raqamlashuv darajasini 60 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Qimmatli va noyob hujjatlar esa to‘liq raqamlashtiriladi.
Buning uchun barcha tizimlar Yagona milliy arxiv axborot tizimiga birlashtiriladi. Hujjatlar RFID texnologiyasi orqali hisobga olinadi, jarayonni onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, hujjatlarni tasniflash va tanish bo‘yicha sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilinadi. Tuman va shahar arxivlarining vazifalari esa hududiy arxiv boshqarmalariga o‘tkaziladi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri “Yoshlar daftaridagi” fuqarolar uchun haydovchilik guvohnomasi uchun o‘qish xarajatlari qoplab berilishi haqida yozgan edi.

