Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda elektr va gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq bir necha holatlar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lum qildi.

Mirzaobod tumanida fermer xo‘jaligi vakillari baliqchilik obyektida hisoblagichga ta’sir ko‘rsatgan. Natijada 389,9 mln so‘mlik elektr noqonuniy ishlatilgan. Furqat tumanida MChJ rahbari gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib olgan. 230,9 mln so‘mlik gazdan ruxsatsiz foydalanilgan.

O‘zbekiston tumanida oilaviy korxona ishlab chiqarish binosini elektrga noqonuniy ulagan. Bu orqali 150,6 mln so‘mlik energiya talon-toroj qilingan. Angren shahrida esa umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz hisoblagichiga aralashuv aniqlangan. 204,2 mln so‘mlik gaz noqonuniy ishlatilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz kuchli ta’sir qiluvchi dori savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.