Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Foto: iStock
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Ikki hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Departament xabariga ko‘ra, 588 mln so‘mlik energiya “o‘marilgan”.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida “H.G.” MCHJ mas’ul shaxslari “Ziynat” MFY hududidagi go‘shtni qayta ishlash tsexida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 353,9 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Baliqchi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “B.S.” MCHJ rahbari B.B. “Sheralichek” MFY hududidagi ishlab chiqarish tsexida tijorat maqsadida umumiy elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 235,4 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan xalqaro terroristik tashkilot a’zosi O‘zbekistonga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.