Eng yaxshi kameraga smartfonlar aniqlandi

Foto: Tom's Guide
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Honor Magic 8 Pro DxOMark reytingida dunyoning eng yaxshi kamerali smartfonlari qatoriga kirdi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.

Honor Magic 8 Pro DxOMark sinovlari yakuniga ko‘ra 165 ball to‘pladi. Smartfon Google Pixel 10 Pro XL modelini ortda qoldirdi. Mutaxassislar qurilmaning turli suratga olish sharoitlarida barqaror natija ko‘rsatganini ta’kidladi.

DxOMark hisobotida Magic 8 Pro‘ning ekspozitsiyani to‘g‘ri ushlashi alohida qayd etildi. Smartfon keng dinamik diapazon va yuqori detallarni saqlab qolishda yaxshi natija ko‘rsatgan. Ayniqsa, yorug‘ muhitda olingan suratlar yuqori baholangan.

Shuningdek, oq balansning neytralligi va teri ranglarining tabiiy chiqishi tasvir sifatiga ijobiy ta’sir qilgan. Mutaxassislar Honor Magic 8 Pro‘ni barcha yo‘nalishlarda muvozanatli kamera sifatida baholagan.

Ushbu natija bilan smartfon Vivo X200 Ultra, Oppo Find X8 Ultra, Huawei Pura 80 Ultra hamda Apple iPhone 17 Pro kabi flagmanlar qatoriga kirdi. Magic 8 Pro ayrim alohida ko‘rsatkichlarda yetakchi bo‘lmagan bo‘lsa-da, umumiy muvozanat uni yuqori o‘ringa olib chiqdi.

Video sifati esa nisbatan kuchsiz tomon sifatida qayd etildi. Video testlarda Honor Magic 8 Pro 154 ball to‘plab, 15-o‘rinni egalladi. DxOMark mutaxassislari past yorug‘likda shovqinni nazorat qilish va rang barqarorligini yaxshilash mumkinligini ta’kidlagan.

Shunga qaramay, umumiy natijalarga ko‘ra Honor Magic 8 Pro DxOMark reytingida ikkinchi o‘rinda turgan Vivo X300 Pro‘dan keyin joylashdi.

Qaynoq24.uz 2025-yilning eng yaxshi kameraga ega smartfonlari haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.