“Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” nominatsiyasi joriy etiladi

Foto: Norma.uz
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2026-yil 1-yanvardan boshlab “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” nominatsiyasi joriy etiladi. Bu haqda :Huquqiy axborot” Telegram kanalida ma’lum qilindi.

G‘oliblarni aniqlashda bir qator mezonlar qo‘llanadi. Jumladan, har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes subyektlari soni va ular tomonidan to‘langan soliqlar miqdori baholanadi. Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari soni, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ulushi hamda ularning soliq to‘lovlari inobatga olinadi. Mahalla aholisi tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining to‘langanlik darajasi ham muhim ko‘rsatkich sifatida mezonga kiritiladi.

G‘olib deb topilgan mahallalar uchun rag‘batlantirish choralar ham belgilangan. Jumladan, tashabbusli budjet doirasida ketma-ket ikki bor g‘olib bo‘lgan mahallalar keyingi ikki mavsumda loyiha topshirish cheklovidan ozod etiladi. Sheriklik asosida moliyalashtiriladigan loyihalarda aholi loyiha qiymatining 25 foizini qoplagan taqdirda, qolgan 75 foizi Davlat budjetidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, yil yakuni bo‘yicha birinchi 100 talikka kirgan eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalarning har biriga 2 milliard so‘m miqdorida mablag‘ Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga ajratiladi.

Qaynoq24.uz qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga normativ qiymat belgilash tartibi tasdiqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.