«Enterprise Uzbekistan» raqamli texnologiyalar markazi faoliyati tashkil etiladi

Foto: CNN
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

«Enterprise Uzbekistan» raqamli texnologiyalar markazi faoliyati tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Farmonga ko‘ra, yangi markazning asosiy maqsadlari sifatida IT sohasiga sarmoyalarni keng jalb qilish, xalqaro darajada raqobatbardosh va jozibador ekotizimni shakllantirish, shuningdek, raqamli yechimlar va innovatsiyalar bo‘yicha ilg‘or mahalliy kompaniyalar faoliyatini rag‘batlantirish va malakali kadrlar tayyorlash belgilandi.

«Enterprise Uzbekistan» raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi. Markaz hududida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar sohasida konsultatsiya va autstaffing xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, masofaviy xizmatlar ko‘rsatish, jumladan biznes jarayonlarini autsorsing qilish imkoniyatlari yaratiladi. Bundan tashqari, video o‘yinlar (GameDev) yaratish, raqamli kontent ishlab chiqish, grafik dizayn, video va audio kontent yaratish va tahrirlash, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratish va rivojlantirishga ham imkoniyatlar taqdim etiladi.

Markaz Angliya va Uels umumiy huquq normalari va prinsiplariga yoki yetakchi xalqaro moliya markazlari standartlariga asoslangan maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan alohida hudud sifatida tan olinadi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish va xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Qaynoq24.uz Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet davlatga borib kelishi mumkin bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.