Eronda poytaxt ko‘chirilishi mumkin

Manba: Anadolu agentligi
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Masud Pezeshkian Eron poytaxti Tehrondan boshqa hududga ko‘chirish kerakligini aytdi. U bunga sabab qilib aholining ortib borishi va suv tanqisligini keltirgan.

Pezeshkian tanlov yo‘qligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, Tehronda aholi soni oshishda davom etsa, barcha aholiga yetarli ichimlik suvini ta’minlashning imkoni qolmaydi. Shaharda suv juda kam.

Prezidentga ko‘ra, suv yetishmovchiligi faqat poytaxtda emas, balki ayrim viloyatlarda ham keskinlashgan. So‘nggi besh yilda Eron bo‘ylab yog‘ingarchilik miqdori uzluksiz kamaygan.

2025-yilda Tehronda yog‘ingarchilik me’yoridan 40 foiz kam bo‘ldi. 5-noyabr kuni Al Jazeera telekanali shahar ichimlik suvi manbai ikki hafta ichida butunlay tugashi mumkinligini xabar qilgan. Nashrga ko‘ra, Eron so‘nggi o‘n yilliklarda kuzatilmagan darajadagi kuchli qurg‘oqchilikni boshdan kechirmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Eronda yomg‘ir duosi yig‘inlari o‘tkazilayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.