Erondagi namoyishlar vaqtida 2 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Foto: Al Jazeera
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Erondagi namoyishlari vaqtida xavfsizlik kuchlarining kuchli bosimi oqibatida 2 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, deb xabar qildi AQSHda joylashgan Human Rights Activists News Agency.

Ma’lumotlarga ko‘ra, internet blokadasiga qaramasdan, so‘nggi 17 kun ichida 1 850 nafar namoyishchi, hukumat tomoni bilan bog‘liq 135 kishi, shuningdek, 9 nafar bola va 9 nafar tasodifiy fuqaro o‘limi tasdiqlangan.

Shu bilan birga, Eron hukumatining bir rasmiy vakili ham 2 ming kishi halok bo‘lganini tan olgan, biroq u qurbonliklar uchun “terrorchilar”ni ayblagan, deb yozmoqda Reuters.

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron masalasi bo‘yicha yaqin kunlarda maxsus yig‘ilish o‘tkazishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni aniq tasdiqlangandan so‘ng AQSH “shunga yarasha chora ko‘radi”.

Tramp ommaviy axborot vositalariga bergan izohida qotilliklar ko‘lami katta bo‘lishi mumkinligini aytgan. Shu bilan birga, u Truth Social tarmog‘ida Eron hukumatini qatag‘onlar uchun javobgarlikka tortish lozimligini yozgan va aholini norozilik namoyishlarini davom ettirishga chaqirgan.

Qaynoq24.uz Tramp Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga 25 foizlik boj joriy etgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.