Erondagi voqealar oqibatida salkam 7 ming kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Foto: Anadolu
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Eronning 2025-yil 28-dekabridan boshlab davom etgan norozilik namoyishlari vaqtida halok bo‘lganlar soni salkam 7 ming nafarga yetdi. Bu haqda AQShda joylashgan Iran Human Rights Activists News Agency xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlar rasman yakunlanganiga qaramay, HRANA halok bo‘lganlar va qo‘lga olinganlar haqidagi ma’lumotlarni yangilashda davom etmoqda. Agentlik yangi o‘lim holatlari va hibsga olishlar tasdiqlanayotganini bildirgan.

HRANA hisob-kitoblariga ko‘ra, noroziliklar va ular bilan bog‘liq to‘qnashuvlar davomida Eronning turli hududlarida 51 591 kishi qo‘lga olingan. Halok bo‘lganlar orasida 214 nafar xavfsizlik kuchlari xodimi bor.

Bundan tashqari, yana 11 730 ta holat hozircha tekshiruv bosqichida ekanligi qayd etilgan. Ikki kun avval e’lon qilingan hisobotda qurbonlar soni 6 955 nafar sifatida ko‘rsatilgan edi.

Norozilik namoyishlari 28-dekabr kuni Tehrandagi Katta bozor hududida boshlangan. Bunga milliy valyutaning keskin qadrsizlanishi va iqtisodiy inqiroz sabab bo‘lgan. Keyinchalik aksiyalar butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi.

8–9-yanvar kunlari poytaxtda vaziyat keskinlashib, to‘qnashuvlarga aylandi. Shundan so‘ng rasmiylar internetga kirishni chekladi va xavfsizlik kuchlari namoyishlarni bostirdi.

Eron Shahidlar va faxriylar jamg‘armasi 21-yanvar kuni Sud-tibbiy ekspertiza instituti ma’lumotlariga tayangan holda 3 117 kishi halok bo‘lganini bildirgan. Ularning 2 427 nafari, rasmiy talqinga ko‘ra, “qurollangan guruhlar” tomonidan o‘ldirilgan fuqarolar va xavfsizlik xodimlari bo‘lgan. Qolgan 690 kishi bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

Qaynoq24.uz AQSh Eron tomon qo‘shin yuborgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.