Falastinliklar Isroilning yangi chorasini G‘arbiy Sohilni amalda anneksiya qilish ekanini aytmoqda

Foto: Reuters
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Falastinliklar Isroilning yangi chorasini G‘arbiy Sohilni amalda anneksiya qilish ekanini aytmoqda. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Ularga ko‘ra, bu qarorlar yahudiy poselentsiyalarining kengayishini osonlashtiradi.

Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrich ushbu tashabbuslarni e’lon qildi. U Falastin davlati g‘oyasiga barham berish davom ettirilishini aytdi. Xalqaro huquqqa ko‘ra, G‘arbiy Sohildagi barcha poselentsiyalar noqonuniy hisoblanadi.

Yangi choralar mulk huquqi, rejalashtirish va nazorat tizimlarini o‘zgartirish orqali Isroil nazoratini kuchaytirishni ko‘zlaydi. Qarorlar G‘arbiy Sohildagi yer savdolariga oid cheklovlarni yumshatadi. Endi yahudiylar uchun yer sotib olishdagi ko‘p yillik taqiq bekor qilinmoqda.

Isroil rasmiylari bu qadamni shaffoflikni oshiruvchi choralar sifatida talqin qildi. Tashqi ishlar vazirligi avvalgi tartibni “kamsituvchi” deb baholadi. Shu bilan birga, bitimlar uchun maxsus ruxsatnoma talabi ham bekor qilindi.

Falastin tomoni bu o‘zgarishlar bosim, firibgarlik va majburiy sotuvlar xavfini oshirishidan xavotir bildirdi. Falastin prezidenti Mahmud Abbos qarorlarni xavfli deb atadi. U AQSh va BMT Xavfsizlik kengashini zudlik bilan aralashishga chaqirdi.

Isroilning Peace Now tashkiloti ham qarorni tanqid qildi. Tashkilot bu harakatlar Falastin ma’muriyatini beqarorlashtirishi mumkinligini bildirdi. Ular buni G‘arbiy Sohilda amaldagi anneksiya sari yana bir qadam, deb baholadi.

Buyuk Britaniya qarorni keskin qoraladi. London bunday bir tomonlama o‘zgarishlar xalqaro huquqqa zid ekanini ta’kidladi. Misr, Iordaniya, BAA, Saudiya Arabistoni va yana bir qator davlatlar ham Isroilni noqonuniy kengayish siyosatini kuchaytirishda ayblamoqda.

Qaynoq24.uz Saudiya Arabistoni Isroildan Falastinni tan olishni talab qilayotgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.