Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida aksiz markasiz tamaki hamda elektron tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Farg‘ona va Toshkent hududlarida noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosiga oid ikki holat fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi va Bojxona xizmati xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda, M.V. ismli shaxs “Haval” rusumli avtomobilida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 64,7 million so‘m bo‘lgan 2 000 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini Farg‘ona shahrida sotish maqsadida olib ketayotganda qo‘lga olingan. Mahsulotlar daliliy ashyolar sifatida rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Departamentning Sergeli tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “S.D.” MChJ savdo do‘koni sotuvchisi I.E. elektron tamaki mahsulotlarini noqonuniy realizatsiya qilib kelgani aniqlangan. Do‘kondan xorijda ishlab chiqarilgan 30 turdagi 259 dona elektron tamaki mahsulotlari daliliy ashyolar sifatida olingan.

Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25 va 186-1-moddalari (etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Nurofshonda hokim yordamchisi qamoqqa olingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.