Farg‘ona viloyatida tabiiy gazdan yirik miqdorda noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv jarayonida “O‘.B.” xususiy korxonasi rahbari B.B. va boshqa shaxslar Farg‘ona tumani “Damko‘l” MFY hududida joylashgan korxonaga qarashli binoda tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulangan. Natijada 835,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, ya’ni o‘g‘rilik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu ish doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Toshkent tumanida noqonuniy tamaki savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

