Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Departament xabar berdi.
Tekshiruvda fuqaro B.A. tumandagi “T.” MChJ savdo shoxobchasida menejer bo‘lib ishlagani aniqlandi.
U o‘ziga ishonib topshirilgan umumiy qiymati 170 mln so‘mlik 6 turdagi 13 dona smartfonni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Andijonda narkolaboratoriya fosh etilgani haqida yozgan edi.

