Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 14 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holati qayd etildi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda. Hodisa 2026-yil 9-yanvar kuni sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea bo‘yicha 2002-yilda tug‘ilgan 4 nafar yigit gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan. Ular Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi asosida ushlangan va qamoqqa olingan.
Ichki ishlar vazirligi xotin-qizlar va bolalar masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Nilufar G‘iyosovaning “Gazeta”ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan 10-yanvar kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari Farg‘ona viloyati IIB tomonidan olib borilmoqda. Holat bo‘yicha surishtiruv davom etmoqda.
Qaynoq24.uz mahkumlarga masofaviy video-uchrashuv huquqi berilgani haqida yozgan edi.

