Farg‘ona viloyatida 7 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
2025-yil 23-noyabr kuni soat 11:45 da Uchko‘prik tumani Mehnatobod mahallasi hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent–O‘sh” yo‘lining 241-kilometrida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti-2, Lacetti, DAF FTXF, HOWO va Hyundai Porter rusumli transport vositalari tumanda ko‘rish masofasi keskin cheklangan sharoitda oraliq masofani saqlamagan. Natijada jami 7 ta yuk va yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha Uchko‘prik tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Andijonda sobiq IIB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

