Farg‘onada aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi. Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbir davomida Z.A. ismli shaxs xorijda ishlab chiqarilgan 7 500 quti tamaki mahsulotini noqonuniy muomalaga kiritgani aniqlandi. Mahsulotlarning umumiy qiymati 90 mln so‘mni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, tamaki mahsulotlari tanishlariga tegishli “Lacetti” va “Damas” avtomobillarida keyinchalik sotish maqsadida Qo‘qon shahridagi “At-Termiziy” mahallasi hududidagi xonadonga olib kelingan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Xorazmda Telegram orqali gashish sotish holati aniqlangani haqida yozgan edi.

