Farg‘onada aksiz markasiz tamaki olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

Foto: Departamanet
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida aktsiz markasiz tamaki mahsulotlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Tezkor tadbir huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Tadbir davomida fuqaro R.O. “Qozi Ahror” MFY hududida ushlandi. U O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasini kesib o‘tuvchi ariqqa yashirin yo‘l orqali mahsulot olib kirgan.

Tekshiruvda umumiy qiymati 71,9 mln so‘mlik 2 248 quti “Esse Change” tamaki mahsuloti aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz avtomobil yoqilg‘i baki ichidan yirik miqdorda giyohvand moddalar aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.