Farg‘onada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Farg‘ona tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Departament xabar bermoqda.

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida qonunga xilof ravishda dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelgan M.O. ushlandi.

Tekshiruv davomida uning “Xurshidi tobon” MFY hududidagi xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan, kuchli ta’sir qiluvchi 964 dona “Tropikamid” dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan. Dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (psixotrop moddalarga kirmaydigan, ammo kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga oid mahsulotlarni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish yoki ularni noqonuniy muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Toshkentda psixotrop dori vositalarini noqonuniy saqlagan ayollar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.