20-oktabr kuni Prezident qarori (PQ–310-son) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.
Nizom vazirlikning maqomi, asosiy vazifalari, huquqlari va javobgarligini belgilab beradi. Unga ko‘ra, vazirlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- – favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- – fuqaro muhofazasini tashkil etish hamda aholiga favqulodda vaziyatlar haqida o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- – yonish yoki portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq ishlarda xavfsizlik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Shuningdek, vazirlik xodimlari Prezident tomonidan tasdiqlangan namunaviy harbiy va maxsus kiyim-bosh formasi, ramz hamda farqlovchi nishonlarga ega bo‘ladi. Harbiy xizmatchilar va qutqaruvchilar bepul kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.

