Filippinda dengiz bodringi terayotgan erkak timsoh hujumidan halok bo‘ldi

Foto: Smithsonian Magazine
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Filippinda dengiz bodringi terayotgan erkak timsoh hujumidan halok bo‘ldi. Bu haqda KAMI nashri xabar bermoqda. Hodisa Palavan orolida yuz bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Baranggay Agutayan hududining qirg‘oqbo‘yi suvlarida sodir bo‘lgan. 26 yoshli erkak uch nafar tanishi bilan birga dengiz bodringlarini terish uchun suvga tushgan. To‘satdan timsoh hujum qilib, jabrlanuvchining bosh qismiga tashlangan. Atrofdagilarning sa’y-harakatlariga qaramay, erkakni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.

Ushbu fojea mahalliy aholi orasida jiddiy xavotir uyg‘otdi. Qayd etilishicha, o‘tgan hafta mazkur hudud yaqinida uzunligi to‘rt metrga yaqin bo‘lgan timsoh qo‘lga olingan. Uni avvalroq qishloq atrofida itlarga hujum qilganlikda gumon qilishmoqda. Hozircha bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan, biroq hodisa yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Rasmiylar mahalliy aholiga suv havzalarida ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish, ayniqsa, yovvoyi hayvonlar ko‘p uchraydigan hududlarda yakka holda harakatlanmaslik bo‘yicha ogohlantirish bergan.

Qaynoq24.uz Hindistonda erkak daryo bo‘yida timsoh qurboni bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.