Finlyandiya Rossiya aktivlari bo‘yicha keskin bayonot berdi

Foto: iStock
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Finlyandiya TIVning sobiq maslahatchisi Yoel Linnainmaki Yevropa Ittifoqida muzlatilgan Rossiya aktivlari masalasiga keskin munosabat bildirdi. Bu haqda Iltalehti nashri xabar bermoqda. Uning ta’kidlashicha, YI bu borada Belgiya pozitsiyasini inkor etsa, o‘ziga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Linnainmaki fikricha, bunday qaror Yevropa Ittifoqi ichida uzoq vaqt unutilmaydigan chuqur ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, kelajakda muhim qarorlarni qabul qilish jarayonini ham murakkablashtirishi ehtimoli bor.

Avvalroq Belgiya bosh vaziri Bart de Vever YI Ukrainani saqlab qolish uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishga majbur bo‘lishi mumkinligini bildirgan edi. Shu bilan birga, Belgiya tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo bunday qadam qirollik iqtisodiyoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidlagan.

Qaynoq24.uz Rossiya hujumlaridan so‘ng Ukrainada bir milliondan ortiq xonadon elektrsiz qolgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.