Fransiyadagi Luvr muzeyi ishini qisman tikladi

Foto: France
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Fransiyaning mashhur Luvr muzeyi xodimlarining ish tashlashiga qaramay, faoliyatini qisman davom ettirdi. Bu haqda Associated Press agentligi muzey ma’muriyatiga tayanib xabar berdi. Ma’muriyat bayonotiga ko‘ra, muzey tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘lsa-da, ish jarayonida ayrim uzilishlar yuz berishi mumkin.

“Luvr muzeyining ochilishi cheklovlar bilan amalga oshirilmoqda. Ayrim zallar istisno tariqasida yopiq bo‘lishi mumkin”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Avvalroq Luvr muzeyi xodimlari ish sharoitlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan norozilik bildirib, ommaviy ish tashlash o‘tkazishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgan edi. Muzey xodimlarining yuzlab nafari yig‘ilishda bir ovozdan ish tashlashni qo‘llab-quvvatlagan.

Ish tashlash sababli Luvr muzeyi dastlab noma’lum muddatga yopilgani haqida xabar qilingan edi. Hozircha ish tashlash qancha davom etishi va muzey faoliyati qachon to‘liq tiklanishi haqida aniq ma’lumot berilmadi.

Qaynoq24.uz Luvr muzeyidan qanday buyumlar o‘g‘irlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.