Germaniya va Avstraliya kosmosda yangi kuzatuv tizimini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu tizim Rossiya va Xitoydan keladigan xavflarni erta aniqlashga qaratiladi.
Bu haqda Boris Pistorius ma’lum qildi. Uning aytishicha, kosmosdagi vaziyatni tushunish mudofaa uchun muhim. Loyiha doirasida ikki davlat harbiylari o‘zaro hududlarda erkinroq faoliyat yuritishi mumkin. Buning uchun maxsus kelishuv ham tayyorlanmoqda.
Pistorius global vaziyat tobora beqaror bo‘lib borayotganini ta’kidladi. Shu sabab ittifoqchilar bilan hamkorlik kuchaytirilmoqda. Avvalroq Germaniya Ormuz bo‘g‘ozidagi ehtimoliy missiya haqida ham bayonot bergan edi. Biroq bu faqat Eron bilan sulh tuzilgandan keyin ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, vazir AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaro NATO nizomining 5-moddasiga kirmasligini ta’kidlagan.
Qaynoq24.uz Germaniyada 2024-yilda migrantlar oqimi 12,3% ga qisqargani haqida yozgan edi.

