Nyu-Yorkdagi Google ofisida burgalar topilgani haqida kompaniya xodimlariga yakshanba kuni ogohlantirish xabari yuborilgan. WIRED nashrining yozishicha, binoga kelgan dezinfeksiya mutaxassislari maxsus it yordamida ishonchli dalillar topishgan.
Google’ning atrof-muhit, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik bo‘limi nomidan yuborilgan xatda xodimlarga zararkunandalarga qarshi ishlov tugaguncha ofisga bormaslik tavsiya etilgan. Dushanba kuni esa ularga qayta kirishga ruxsat berilgan.
Kompaniya vakillarining aytishicha, profilaktika chorasi sifatida Google Nyu-Yorkdagi boshqa binolarida, jumladan Hudson Square kampusida ham qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazmoqda.
Xodimlarga agar burgalarga o‘xshash belgilar yoki alomatlar sezilsa, bu haqda ma’muriyatga xabar berishi topshirilgan. Shuningdek, agar ular uylari yoki kiyimlarida shunday hasharotlarni topsalar, darhol maxsus dezinfeksiya xizmatiga murojaat qilish tavsiya etilgan.
Bu Google uchun birinchi holat emas — 2010-yilda kompaniyaning 9-avenyudagi ofisida ham shunga o‘xshash hasharotlar aniqlangan edi.

