Gruziyaning Kvemo-Kartli mintaqasidagi Gardabani shahrida Yangi yilga tayyorgarlik kutilmagan hodisa bilan yakunlandi. Shaharning markaziy maydoniga o‘rnatilgan asosiy bayram archasi yong‘in oqibatida butunlay yonib ketdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in elektr tizimidagi qisqa tutashuv sabab yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Hodisa oqibatida Gardabani shahrida vaqtincha elektr energiyasi uzilib qolgan.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, yong‘in vaqtida jabrlanganlar yo‘q. Favqulodda xizmatlar voqea joyiga tezkor yetib kelib, yong‘inni bartaraf etgan.
Hozirda hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda. Mahalliy hokimiyat bayram tadbirlariga tayyorgarlik masalasi qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan.
Qaynoq24.uz Gruziya xorijdan ovoz berishni taqiqlagani haqida yozgan edi.

