Haj safariga borish uchun ariza topshirish tartibi e’lon qilindi

Foto: Visit Saudi
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston fuqarolari endilikda Haj va Umra ziyorati uchun arizani onlayn tarzda topshirishlari mumkin. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi.

Jarayon to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, OneID, Mobil-ID yoki elektron raqamli imzo (ERI) orqali tizimga kirish amalga oshiriladi.

Foydalanuvchi tizimga kirgach, ariza turini tanlaydi va avtomatik to‘ldirilgan shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi. So‘ngra o‘zining telefon raqamini kiritadi.

Infografika: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Agar fuqaro mahram yoki hamroh bilan borishni istasa, tizimda ularning JSHSHIR raqamini kiritish orqali birgalikda sayohat qilish imkoniyati yaratiladi. Har bir ishtirokchi o‘z telefon raqamiga yuborilgan SMS-kodni kiritib, arizani tasdiqlaydi.

Keyin to‘lov uchun shakllangan chek orqali onlayn to‘lov amalga oshiriladi. Shundan so‘ng fuqaro doimiy yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga (navbatga) olinadi va bu haqda SMS orqali xabarnoma yuboriladi.

Tizimdan chiqilgach, barcha ma’lumotlar saqlanib qoladi. Shu tariqa Haj safariga yozilish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan va qulay tarzda yo‘lga qo‘yilgan.

Qaynoq24.uz internet nashri Saudiya Arabistoni haj va umraga yangi tibbiy talablarni joriy qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.