Hindistonning Maharashtra shtatida yashovchi fermer yo‘lbars hujumidan halok bo‘ldi. Bu haqda Times of India nashri xabar berdi.
Fojia Chandrapur okrugida sodir bo‘lgan. 45 yoshli Sheshram Zade ismli erkak Kavadshi qishlog‘idan haftalik bozordan qaytmay qolgan. Uni qidiruv natijasida Shankarapur–Kavadshi yo‘li yaqinidan, tanasida ko‘plab jarohatlar bilan topishgan. O‘rmon xo‘jaligi ma’lumotiga ko‘ra, yirtqich nafaqat fermerni parchalagan, balki uning oyog‘i va yuqori qismi tanasini ham yeb ketgan.
Mahalliy hokimiyat marhumning oilasiga 30 ming rupi (taxminan 350 dollar) miqdorida bir martalik kompensatsiya ajratdi. Hududda qo‘shimcha patrullar tashkil etilib, xavfsizlik kuchaytirilgan.
Rasmiylarga ko‘ra, Chandrapur okrugida yil boshidan buyon yirtqich hayvonlar hujumidan 42 kishi halok bo‘lgan, ularning 38 tasi aynan yo‘lbarslar hujumiga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq Hindistonning boshqa bir qishlog‘ida erkak daryo bo‘yida timsoh qurboni bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

