PTI agentligi xabariga ko‘ra, Hindistonda yo‘lovchi poyezd fillar to‘dasini urib ketishi oqibatida sakkizta yovvoyi fil halok bo‘lgan. Hodisa mamlakatning sharqida joylashgan Assam shtatida yuz bergan.
Ma’lum qilinishicha, Rajdhani Express poyezdi Sairang — Nyu-Dehli yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida temiryo‘l ustiga chiqqan fillar to‘dasiga borib urilgan.
To‘qnashuv oqibatida poyezdning beshta vagoni va lokomotivi relsdan chiqib ketgan. Shunga qaramay, poyezdda bo‘lgan yo‘lovchilar orasida jabrlanganlar qayd etilmagan.
Hodisa sodir bo‘lgan temiryo‘l uchastkasi vaqtincha yopilgan. Ushbu yo‘nalishdan o‘tishi kerak bo‘lgan boshqa poyezdlar muqobil marshrutlarga yo‘naltirilgan. Hozirda hududda tiklash va tozalash ishlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Air India 13 yil oldin yo‘qolgan Boeing samolyotini topgani haqida yozgan edi.

