HMD Aura 3 smartfonining texnik xususiyatlari oshkor bo‘ldi. Bu haqda Gizchina xabar bermoqda.
Yangi model 6,75 dyuymli HD+ IPS LCD displey, 90 Gs yangilanish tezligi va Unisoc T606 protsessori bilan taqdim etilishi kutilmoqda. Qurilma 4 GB operativ va 128 GB doimiy xotira bilan Android 15 tizimida ishlaydi. Unda Wi-Fi 5, Bluetooth 5.0 va 3,5 mm quloqchin ulagichi mavjud.
Orqa panelda 50 megapikselli asosiy kamera, shuningdek, chuqurlik va makro sensori joylashadi. Old tomonda 8 megapikselli kamera o‘rnatilgan.
Aura 3’ning tashqi ko‘rinishi soddaligi bilan ajralib turadi. Qurilma yumshoq yashil rangda bo‘lib, displeyning yuqori qismida “suv tomchisi” shaklidagi notch mavjud. Yuqori ramka ingichka, pastki ramka esa ancha keng. Orqa panel silliq yasalgan, markazda HMD logotipi joylashgan. Kameralar kvadrat blokda vertikal shaklda joylashtirilgan, pastki o‘ng burchakda esa yoritgich turadi.

Hajmi katta displey va budjet segmentiga xos LCD panel arzon narx va imkoniyat uyg‘unligini taqdim etadi. Keng ekran video tomosha qiluvchilar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va yengil o‘yinlar uchun mos bo‘lishi aytilmoqda.
Qurilma IP52 darajasi bilan chang va tomchidan himoyalangan. Shuningdek, kamera uchun AI funksiyalari, Android 15’ning yangi imkoniyatlari va uzun muddatli foydalanish uchun katta batareya taklif qilinadi. Narx haqida rasmiy ma’lumot yo‘q, biroq modelning ekrani, sig‘imi va darajasini inobatga olganda u arzon segmentga mansub bo‘lishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz nashri Honor Magic 8 Pro global savdosi boshlangani haqida yozgan edi.

