Homiladorlik va tug‘ish nafaqalari qanday tayinlanadi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxslarga yangi turdagi to‘lovlar joriy etiladi. Xususan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, 2026-yil 1-iyuldan esa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lanadi.

To‘lovlar sug‘urtalangan shaxsning sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan vaqtdagi bandlik holatiga qarab tayinlanadi. Agar shaxs ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lsa, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa yoki qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa rasmiy faoliyat bilan band bo‘lsa, u nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.

Nizomda nafaqa olish uchun zarur bo‘lgan minimal sug‘urta staji ham belgilandi. Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olish uchun kamida 10 oy, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun esa kamida 6 oy sug‘urta staji mavjud bo‘lishi talab etiladi.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lovlar mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan butun davr uchun amalga oshiriladi. Biroq bunday to‘lovlar bir kalendar yil davomida 182 kalendar kundan oshmagan qismi doirasida beriladi.

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi miqdori sug‘urtalangan shaxsning sug‘urta stajiga mutanosib ravishda hisoblanadi. Agar sug‘urta staji 10 oydan 24 oygacha bo‘lsa, o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi, 25 oydan 60 oygacha bo‘lsa 85 foizi, 61 oy va undan ortiq bo‘lsa 100 foizi miqdorida to‘lov belgilanadi.

Qaynoq24.uz Hisob palatasi faoliyati muntazam tashqi baholashdan o‘tkazilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.