Honor kompaniyasi o‘zining birinchi 10 000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega smartfonini taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda mashhur insayder Ice Universe ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qurilma CQC sertifikatsiyasidan allaqachon muvaffaqiyatli o‘tgan.
Insayder taqdim etgan skrinshotda HB26J7B4EHW modeli ostida ro‘yxatga olingan akkumulyator ko‘rsatilgan. Hujjatlarga ko‘ra, uning nominal sig‘imi 10 000 mA·soat, kuchlanishi esa 3,91 voltni tashkil etadi. Zaryadlash kuchlanishining maksimal chegarasi 4,50 volt deb belgilangan. Sertifikat 2025-yil 28-noyabrda rasmiylashtirilgan bo‘lib, 2030-yilgacha amal qiladi.
Akkumulyatorni Dongguan Amperex Technology Limited ishlab chiqargan, smartfon modeli sifatida esa Honor ko‘rsatilgan. Hozircha qurilmaning aniq nomi sir tutilmoqda, ammo bu Honor’ning bozorda kutilgan yangi yo‘nalishi bo‘lishi kutilyapti.
Ice Universe avvalroq Xitoy ishlab chiqaruvchilari 10 000 mA/soatdan yuqori sig‘imli akkumulyatorlarni faol sinovdan o‘tkazayotganini aytgan edi. Uning fikricha, yaqin yillarda hatto 15 000 mA/soatlik akkumulyatorga ega smartfonlar ham paydo bo‘ladi.
Digital Chat Station ham shunga o‘xshash ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar 12 000 mA·soat sig‘imli seriyali smartfonlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Shuningdek, 15 000 mA/soat atrofidagi prototiplar sinovi ham davom etmoqda.
Qaynoq24.uz Honor yangi smartfonni sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgan edi.


Honorga gap yo’q zo’r uning kampaniyasi qayerda o’zi 10000 mach/saot honor ertaga portlab ketmaydimi
10000 mach/soat bosa telefonmas powerbank bopqoladiku
Qancha bu?
Narxi qancha