Honor 500 va 500 Pro smartfonlari taqdim etildi – narx

Foto: Honor
Mohinur Rajabova
3 Daqiqa o‘qish

Honor kompaniyasi Xitoyda yangilangan Honor 500 va Honor 500 Pro smartfonlarini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Model qatori kuchli ishlash, yuqori aniqlikdagi kamera, katta batareya va yorqin ekran bilan ajralib turadi. Qurilmalar shaklan ingichka bo‘lsa-da, texnik jihatdan flagman segmentini eslatadi.

Dizayn va ekran

Foto: Honor

Ikki modelda ham 6,55 dyuymli tekis AMOLED displey o‘rnatilgan. Ekran 2736×1264 piksellik 1,5K aniqlikka ega bo‘lib, tasvir zichligi 460 PPI darajasida. Yoki boshqa qilib aytganda, videolar, o‘yinlar va foto ko‘rish uchun juda tiniq ko‘rsatadi.

Honor displey uchun maxsus Motion Blur Relief texnologiyasini qo‘shgan. Bu tizim avtomobil yoki avtobusda ketayotganda ko‘z charchoğini kamaytirib, tasvirning “siljish” effektini yo‘qqa chiqaradi. Eng e’tiborlisi – atigi 1,05 mm bo‘lgan ramkalar hozircha sanoatdagi eng ingichka ko‘rsatkich sifatida taqdim etilgan.

Ishlash samaradorligi

Honor 500 modeli 4 nm jarayonli Snapdragon 8s Gen 4 chipida ishlaydi. Pro versiyada esa 3 nm texnologiyadagi Snapdragon 8 Elite platformasi bor. Ikkala chip ham flagman darajasida o‘yin va og‘ir vazifalarni bajara oladi.

Honor smartfonlariga o‘yinlarga moslangan Phantom Engine tizimini qo‘shgan. U mashhur MOBA o‘yinida 120 FPS ko‘rsatkichni barqaror ushlab turadi. Hatto 1% past FPS ko‘rsatkich ham 118,4 FPS bo‘lib, “silkinish darajasi 0 foiz” deya ta’kidlangan.

Qurilmalar MagicOS 10 (Android 16) tizimida ishlaydi. Yangi iOS Tap-to-Transfer funksiyasi yordamida iPhone’lar bilan tezkor almashuv ham qo‘llab-quvvatlanadi – 1 soniyada 10 ta Live Photo yuborish mumkin.

Kameralar

Honor 500 seriyasining asosiy afzalligi – 200 MP asosiy kamera. Sensor o‘lchami 1/1,4 dyuym bo‘lib, bu katta yorug‘lik qabul qilish imkonini beradi. Model qatoridagi raqobat narxi hisobga olinsa, bu segmentdagi eng katta sensorlardan biri.

Honor 500’da 12 MP ultra-keng modul mavjud. Pro versiyada esa shu ikkitasiga qo‘shimcha ravishda 50 MP 3X telefoto portret kamerasi o‘rnatilgan. Bu modul optik stabilizatsiya bilan ta’minlanadi.

Old tomonda 50 MP selfie kamera va alohida 3D chuqurlik sensori mavjud. Ular portretlar sifatini oshiradi va 4K video yozishni qo‘llaydi.

Foto: Honor

Batareya va quvvatlanish

Honor 500 seriyasi juda katta – 8000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega. Shunga qaramay, korpus qalinligi 7,75 mm bo‘lib qolgan. Bu sig‘im hozirgi o‘rta-flagman segmentidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri.

Honor 500 80W simli quvvatlashni qo‘llaydi. Pro versiya bundan tashqari 50W simsiz quvvatlashga ham ega. Ikkala model ham 27W teskari simli zaryadni qo‘llab-quvvatlaydi.

Narxlar:

ModelXotiraNarx (yuan)Narx ($)
Honor 50012GB + 256GB2 699$380
Honor 50012GB + 512GB2 999$421
Honor 50016GB + 512GB3 299$464
Honor 500 Pro12GB + 256GB3 599$506
Honor 500 Pro12GB + 512GB3 899$548
Honor 500 Pro16GB + 512GB4 199$590
Honor 500 Pro16GB + 1TB4 799$675

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Honor 500 va 500 Pro taqdimot sanasi aniq bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
2 fikr

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.