Yangi taqdim etiladidan Honor Magic 8 Pro Air kamerasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Yangi model ixcham korpusga ega bo‘lishiga qaramay, flagman darajadagi kameralar bilan jihozlanadi. Insayderga ko‘ra, qurilmada 50 megapikselli OmniVision old kamera bo‘ladi. Asosiy kamera 50 megapikselli OV50Q sensoriga ega bo‘ladi. U optik stabilizatsiya va 23 mm fokus masofasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mazkur asosiy sensor Honor Magic 8 Pro modelida ham ishlatiladi. Bu esa kamera sifati yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Keng burchakli kamera ham 50 megapikselni tashkil etadi. OV50M sensori 16 mm fokus va 112 daraja ko‘rish burchagini taqdim etadi.
Telefoto kamera 64 megapikselli OV64B sensoriga ega bo‘ladi. U 3,2 karra optik zum va optik stabilizatsiyani qo‘llaydi. Honor Magic 8 Pro Air 6,31 dyuymli OLED displey bilan jihozlanadi. Ekran 1,5K aniqlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon Dimensity 9500 protsessorida ishlaydi. Batareya sig‘imi 5 500 mA/soat bo‘lib, 80 vattli tezkor zaryadlash mavjud. Qurilma Android 16 asosidagi MagicOS 10 tizimida ishlaydi. Xavfsizlik uchun ultratovushli ekran osti barmoq izi skaneri o‘rnatiladi.
Model qalinligi 6,1 millimetrni tashkil etadi. Vazni esa taxminan 158 gramm bo‘ladi. Honor Magic 8 Pro Air oq, qora, to‘q sariq va binafsha ranglarda taqdim etilishi kutilmoqda. Mazkur model ixcham smartfonlar ham kuchli kamera imkoniyatlariga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Qaynoq24.uz Honor Power 2 smartfoni savdoga chiqqani haqida yozgan edi.

