Honor Magic 8 Pro Air smartfonining asosiy xususiyatlari ma’lum bo‘ldi

Foto: Donanim Xaber
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Yangi taqdim etiladigan Honor Magic 8 Pro Air smartfonining asosiy xususiyatlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Honor kompaniyasi Weibo‘dagi rasmiy sahifasida e’lon qildi. Unda yangi smartfon nomida “Pro” va “Air” belgilari bo‘lishi ishora qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma Honor Magic 8 Pro Air yoki Magic 8 Air nomi ostida taqdim etilishi mumkin. Smartfon Xitoy bozorida yanvar oxiri yoki fevral boshida namoyish etilishi kutilmoqda.

Insayder Experience More’ning bildirishicha, Magic 8 Pro Air ixcham va juda yupqa korpusga ega bo‘ladi. Qurilmaga 6,31 dyuymli LTPO OLED displey o‘rnatilishi aytilmoqda. Ekran 1.5K aniqlikni va ultratovushli barmoq izi skanerini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon MediaTek Dimensity 9500 protsessori bilan jihozlanadi. Akkumulyator sig‘imi 5 500 mA/soat bo‘lib, 80 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasi qo‘llanadi. Qurilma MagicOS 10 operatsion tizimida ishlaydi va metall ramkaga ega bo‘ladi.

Kamera xususiyatlari hozircha oshkor etilmadi. Biroq Magic seriyasiga mansub bo‘lgani sababli, foto imkoniyatlar yuqori darajada bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, Magic 8 Pro Air Feather White, Shadow Black, Light Orange va Fairy Purple rang variantlarida taqdim etilishi mumkin. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon Xitoyda taxminan o‘n kun ichida rasman namoyish etiladi.

Qaynoq24.uz Honor Power 2 smartfoni qanday baholangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.