HONOR Magic 8 Pro smartfoni BAAda taqdim etildi. GCC bozorida global premyeradan keyin sotuvga chiqmoqda.
Qurilma apparat qismi va unumdorligi
Yangi Magic 8 Pro BAA bozorida Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan taqdim etilgan ilk smartfon bo‘ldi. HONOR’ning ta’kidlashicha, chip avvalgi avlodlarga nisbatan samaradorlik va issiqlik boshqaruvida sezilarli yaxshilanishni ta’minlaydi. Smartfon 7100 mA·soat sig‘imli kremniy–uglerod batareyaga ega. U 100 Vt simli SuperCharge va 80 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Qurilma BAA’da 5.5G tarmoqlarini qo‘llaydigan ilk smartfon sifatida ham e’tirof etildi. U Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0, NFC, USB-C (USB 3.2 Gen1), ikki SIM, shuningdek kengaytirilgan GNSS standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Model AI imkoniyatlari bilan boyitilgan: AI Button, AI Search, AI Documents kabi vositalar kundalik unumdorlikni oshiradi.

Kamera tizimi
Magic 8 Pro‘ning asosiy e’tibor markazi – 200 MP AI Ultra Night Telephoto kamera. U uzoq masofadagi va kam yorug‘likdagi kadrlarda yuqori ravshanlikni ta’minlashga mo‘ljallangan. Orqa kameralar majmuasi quyidagicha:
- 50 MP keng burchakli kamera (f/1.6),
- 50 MP ultra keng kamera (122° FOV, 2,5 sm makro),
- 200 MP telefoto (1/1.49 dyuym sensor, f/2.6, 3,7x optik zum, 100x raqamli zum, OIS).
Kameralar 4K 60fps video yozuvni qo‘llaydi. Taqdimot davomida fotograf Riadh Maghni qurilmaning tungi suratga olish imkoniyatlarini amaliy ko‘rsatib berdi. Old kamera 50 MP sensor va 3D chuqurlik moduli bilan jihozlangan, 4K 60fps video yozadi.

Displey va dizayn
Smartfon 6,71 dyuymli quad-curved OLED displeyga ega bo‘lib, 1256×2808 pikselli 1.5K o‘lchamda ishlaydi. Displey:
- 1–120 Gts LTPO yangilanish tezligi,
- HDR10+,
- 1800 nit global va 6000 nit HDR yorqinlik,
4320 Gts PWM qoraytirish kabi imkoniyatlarni taklif etadi. Ekran Rhino Glass bilan himoyalangan. Qurilma ultratovushli barmoq izi skaneri, IR-datchik, DTS:X Ultra ovoz tizimi va IP68/IP69/IP69K himoya sertifikatlariga ega. Og‘irligi — 219 g.
Narxlar va sotuv boshlanishi BAAda oldindan buyurtmalar 11-dekabrdan qabul qilinmoqda. Ranglar: Sunrise Gold, Sky Cyan va Black.
Narxlar:
- 12 GB + 512 GB — 3 999 AED (1 089 dollar)
- 16 GB + 1 TB — 4 699 AED (1 279 dollar)
Qaynoq24.uz Honor Magic 8 Pro global savdosi boshlangani haqida yozgan edi.

