Honor Magic8 Lite smartfoni taqdim etildi

Foto: Honor
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Honor kompaniyasi yangi Honor Magic8 Lite smartfonini rasman namoyish qildi. Qurilma bo‘yicha barcha asosiy texnik tafsilotlar e’lon qilindi. Biroq rasmiy narx hozircha ochiqlanmadi. Gizmochina manbasiga ko‘ra, modelning taxminiy narxi $430 atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Smartfon Snapdragon 6 Gen 4 platformasi asosida ishlaydi. Ushbu chip o‘rta narx segmenti uchun mo‘ljallangan. Shu sabab u kutilayotgan narx fonida bahsli yechim bo‘lib ko‘rinadi.

Foto: Gizmochina

Ammo Magic8 Lite asosiy ustunligi katta sig‘imli akkumulyatori bilan ajralib turadi. Qurilma 7500 mA·soat batareya bilan jihozlangan. Shu bilan birga korpus qalinligi atigi 7,8 mm ni, og‘irligi esa bor-yo‘g‘i 189 g ni tashkil etadi. Bunday katta batareya va yengil korpus kombinatsiyasi hozircha bozorda kam uchraydi.

Displey 6,8 dyuymli OLED ekran bo‘lib, 1200p aniqlik va 120 Gs yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. PWM xiralashtirish chastotasi 3840 Gs ga teng, bu ko‘z charchashini kamaytirishga xizmat qiladi. Cho‘qqi yorqinlik darajasi 6000 nitgacha yetadi.

Asosiy kamera 108 MP sensorga ega. Unga qo‘shimcha tarzda 5 MP ultra keng burchakli modul va 16 MP old kamera o‘rnatilgan.

Xotira konfiguratsiyasi 8 Gbayt tezkor va 512 Gbayt doimiy xotiradan iborat. Bunday hajmdagi ichki xotira ayniqsa multimedia va ilovalar bilan faol ishlovchi foydalanuvchilar uchun qulay bo‘ladi.

Qurilma 66 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, IP69K darajasidagi himoyaga ega bo‘lib, chang, suv va yuqori bosimli jetslarga nisbatan barqarorlikni ta’minlaydi. Displey atrofidagi romkalar esa maksimal darajada ingichka ishlangan.

Qaynoq24.uz Honor yangi smartfonni sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
1 dona sharh

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.