Honor, Redmi, Oppo: aprel oyida qaysi smartfionlar taqdim etiladi

Foto: Oppo
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Aprel oyi texnologiya bozori uchun eng sermahsul davrlardan biriga aylanmoqda. Bir oy ichida OPPO, Huawei, Honor va Redmi yangi qurilmalarni taqdim etishga tayyorlanmoqda.

Eng faol brendlardan biri OPPO bo‘ladi. Kompaniya bir vaqtning o‘zida bir nechta mahsulotni chiqaradi. Ular orasida Find X9 Ultra flagmani alohida e’tibor markazida turibdi. Qurilma 200 MP lik ikki kamerali tizim bilan chiqishi kutilmoqda. Shuningdek, Find X9S Pro ham taqdim etiladi. Bu model flagman darajasiga yaqin imkoniyatlarni nisbatan arzon narxda taklif qiladi. K14 seriyasi esa o‘rta segmentni egallaydi.

OPPO planshet, aqlli soat va quloqchinlarni ham yangilaydi. Pad 5 Pro plansheti, Watch3 Mini soati va Enco Clip2 quloqchinlari ham aprel oyida chiqadi. Huawei esa noodatiy qurilma bilan e’tiborni tortmoqda. Kompaniya 14 dyuymli bukiladigan planshetni taqdim etadi. Bu segmentda bunday katta ekran kam uchraydi.

Foto: Redmi

Bundan tashqari, Huawei Pura X2 va Pura 90 smartfonlari ham taqdim etiladi. Ular bilan birga yangi HarmonyOS versiyasi ham chiqadi. Redmi esa kuchli ishlashga urg‘u beradi. Kompaniya K90 Extreme Edition modelini chiqaradi. U yuqori unumdorlikni nisbatan past narxda taklif qilishi bilan ajralib turadi.

Redmi planshet segmentini ham unutmagan. K Pad2 modeli ham shu davrda taqdim etiladi. Honor esa planshet va noutbuk yo‘nalishida yangilik olib keladi. Magic Pad4 plansheti va MagicBook Pro 14 2026 noutbuki aprel oyida chiqadi.

Qaynoq24.uz Honor 600 smartfoni iPhone uslubida chiqishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.