Honor Win va Win RT smartfonlari taqdim etildi

Foto: Honor
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Honor o‘yinchilarga yo‘naltirilgan yangi Honor Win va Win RT smartfon seriyasini namoyish etdi. Qurilmalar kuchli sovutish tizimi, yirik batareya va yuqori chastotali displey bilan ajralib turadi. Bazaviy Win RT modeli Snapdragon 8 Elite, Win esa Snapdragon 8 Elite Gen 5 flagman chipiga ega.

Win RT beshta konfiguratsiyada sotuvga chiqadi: minimal 12/256 GB versiya 380 dollar, maksimal 16 GB/1 TB variant esa 565 dollar. Honor Win to‘rt talqinda taqdim etilgan — narxlar 565 dollardan 735 dollargacha.

Qurilmalarning qalinligi atigi 8,3 mm, metall ramka va yengil kompozit orqa qoplama bilan ishlab chiqilgan. Eng e’tiborga molik detal — 25 000 aylanish/min tezlikka chiqadigan ixcham sovutish ventilyatori. Uni istalgan payt o‘chirib qo‘yish mumkin.

Har ikkala model 10 000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega. Tezkor zaryadlash 100 Vt simli, Win modelida qo‘shimcha ravishda 80 Vt simsiz quvvatlash ham bor. Displey 6,83 dyuym OLED, kadr yangilanishi 185 Gts, ko‘z charchashini kamaytiruvchi himoya texnologiyalari qo‘llanilgan — 3D o‘yinlar uchun moslashtirilgan.

Kameralar to‘plami 50 MP asosiy va 50 MP old modulga asoslangan. Honor Win qo‘shimcha 50 MP telefoto kameraga ega. Smartfonlar IP68/IP69K suv va changdan himoya, 2.1 stereo audio tizimi hamda Delta Force kibersport ligasining rasmiy smartfoni maqomini oldi.

Qaynoq24.uz eng yaxshi Honor smartfonlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.