Honor X80i smartfoni taqdim etildi — foto, narx

Foto: Honor
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Honor kompaniyasi tomonidan Xitoyda Honor X80i smartfoni rasman taqdim etildi. Qurilma o‘rta segmentda kuchli batareya va juda yorqin displey bilan ajralib turadi.

Smartfon 6,6 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan. Ekran 120 Hz yangilanish tezligiga ega. Maksimal yorqinlik 6500 nitga yetadi. Bu esa quyosh ostida ham yaxshi ko‘rinishni ta’minlaydi. Shuningdek, 3840 Hz PWM dimming texnologiyasi mavjud. Qurilma MediaTek Dimensity 6500 protsessorida ishlaydi. Smartfonda Honor’ning Hummingbird optimizatsiya tizimi va sovitish texnologiyasi qo‘llangan.

Honor X80i smartfoni/ Foto: Honor

Eng katta e’tibor batareyaga qaratilgan. Smartfon 7000 mA/soat sig‘imli batareya bilan chiqdi. 45 Vt tezkor zaryadlash mavjud. Qurilma 72 daqiqada to‘liq zaryadlanadi. Shu bilan birga, korpus qalinligi atigi 7,34 mm, vazni esa 185 gramm. Smartfon zamonaviy funksiyalar bilan jihozlangan. Unda Bluetooth 6.0, NFC va infraqizil port mavjud. Qurilma suv va changdan IP66 darajada himoyalangan. Displey osti barmoq izi skaneri va stereo karnaylar ham bor.

Dasturiy ta’minot sifatida MagicOS 10 tizimi ishlatiladi. U Android 16 asosida ishlaydi. Kamera qismida asosiy modul 50 MP. Bu modelda asosiy urg‘u kamera emas, balki ekran va batareyaga qaratilgan.

Foto: Honor

Smartfon 4 ta xotira variantida sotuvga chiqdi. Boshlang‘ich narx 1999 yuan, ya’ni taxminan $280 atrofida. Eng yuqori konfiguratsiya 2799 yuan, taxminan $390 ga teng.

Qaynoq24.uz yangi Realme 16 5G smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.