Huawei frontal kamera uchun yangi kvadrat sensorni sinovdan o‘tkazmoqda

Foto: Huawei
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Huawei frontal kamera uchun 1:1 nisbatdagi kvadrat sensorni test qilishni boshladi. Yangi yechim selfi va videoqo‘ng‘iroqlar sifatini oshirishga qaratilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kvadrat sensor tasvirni yanada muvozanatli qamrab oladi. Bu dasturiy ta’minotga kadrni kesish, aylantirish va yo‘nalishni o‘zgartirishda ko‘proq imkon beradi. Tasvirdan muhim qismlar yo‘qolmaydi.

Bunday sensorlar guruhli selfilar va ijtimoiy tarmoqlar uchun kontentda qulaylik yaratadi. Telefon yo‘nalishi o‘zgarganda ham kadr muammoli kesilmaydi. Bu foydalanuvchi tajribasini yaxshilaydi.

Foto: Apple

Shu yo‘nalishda Apple ham ishlamoqda. iPhone 17 seriyasida frontal kamera kvadrat sensor asosida ishlaydi. Center Stage funksiyasi orqali kamera foydalanuvchini avtomatik kuzatadi va kadrni moslab turadi.

Ekspertlar fikricha, apparat darajasidagi bunday o‘zgarishlar mobil kameralar rivojida yangi bosqich bo‘lishi mumkin. Huawei’ning yangi yechimi keyingi avlod smartfonlarida paydo bo‘lishi ehtimoli bor.

Qaynoq24.uz Huawei Pura 90 Ultra smartfoni qanday kamera bilan chiqishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.